Hojiboy Tojiboevdan dizaynni o'rganamiz...

Date

Date

Date

September 21, 2024

September 21, 2024

September 21, 2024

Author

Author

Author

Boburiy

Boburiy

Boburiy

Dizaynni Yumoristlardan o'rganish kerak aslida…

Bugun yumor bilan dizaynni solishtirishga, ularning hayotidan dizayn saboqlari olishga urunib ko'ramiz. Dizayn stand-up ga xush kelibsiz ))

Asosiysi-auditoriya, lekin eng asosiysi emas…

Har bir komik va yumorist o'zining muvafaqiyatini auditoriyasini yaxshi bilganligiga bog'laydi. Bir guruh uchun gap kulgili boshqasi uchun tushunarsizdek. Sizning dizayningiz ham bir guruh uchun tushunarli va wow, boshqasi uchun faqat rangli chiziqlardan iborat bir rasm. Har bir ishingizni boshlashdan oldin, uni kimlarga tayyorlayotkaningizni aniq biling, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini o'rganing. Dizaynning Hojiboyi bo'laman desangiz, asosiysi-auditoriya, lekin eng asosiysi emas…

Hayotni kuzatsangiz hamma qiziq gaplar hayotning o'zida (Hojiboy Tojiboev)

Kuzatuvchanlik

Ikki soha vakillarini ham bir bo'lgan muammosi bor, bu ham bo'lsa G'OYA. Yumoristlar odamlarni suhbatlariga, yurish turishlariga, o'zini tutishlari va hazillariga e'tibor berib keyingi chiqishlariga g'oya olishadi. Dizaynerga bu kuzatuvchanlik va detallarga e'tiborli bo'lish nafaqat yangi g'oya balki juda ko'p o'rinlarda katta yordam beradi:

  1. Foydalanuvchilarni tushunish: odamlarni yurish-turishini kuzatib dizayner ularni odatlari va muammolarini o'rganishi mumkin. Bu narsa haqiqatdan odamlarga yordami tegadigan va ularga tushunarli bo'ladigan interfeys yoki boshqa dizayn mahsulotlarini ishlab chiqishda foyda beradi.

  2. Kreativlikni oshirish: detallarga e'tibor va kuzatuvchanlik kreativlikni oshirishda juda qo'l keladi.

  3. Muammolarni hal qilish: odamlar interfeys yoki boshqa dizayn mahsulotlarini qabul qilishdagi muammolarini ko'rib ularga yechimni ularning o'zlaridan olish mumkin.

  4. Trenddan qolmaslik: kuzatuvchanlik, internet va atrofdagi trendlardan qolmaslikda, ularga mos mahsulotlar ishlab chiqishda yordam beradi.

Reaktsiya

Har-bir yumoristning asosiy qurollaridan biri bu-zal reaktsiyasi. Yumor o'xshagan yoki o'xshamaganligini darrov zal reaktsiyasidan bilib oladi va reaktsiyaga qarab qaror qabul qiladi. Dizaynda ham auditoriya reaktsiyasi muhim sanaladi. Ko'p hollarda auditoriyaning reaktsiyasiga qarab dizaynni o'zgartirishka to'g'ri keladi lekin barcha hollarda emas, farq shunda.

Chiroyli yetkazib berish

Komiklar har doim o'z hazillarini auditoriyani zeriktirmay, chiroyli yetkazishga va hazil ritmini boshqarishga harakat qiladi. Ular chiqishning oxirigacha kulminatsiyani ushlab turishga intilishadi. Bu ko'nikma dizaynerlar uchun ham foydali: ular foydalanuvchining interfeysdagi harakatlarini boshqarishi kerak. Harakatlarning birin-ketinligi va chiroyli yetkazilishi foydalanuvchining maqsadga tez va oson yetishishiga yordam beradi.

Improvizatsiya

Yumoristlar agar hazil o'xshamay qolsa tezda mavzuni burishadi. Dizaynerlar ham xuddi shunday moslashuvchan bo'lishi kerak. Har qanday o'zgarishlarga tayyor turish, dizaynni turli xil variantlarda sinab ko'rish va jarayonda yangi yondashuvlarni qo'llash ularning muvaffaqiyat kaliti aslida.

Eeeng asosiysi - emotsiya

Ikki sohada ham emotsiyalar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Komiklarning asosiy ishi - o'z auditoriyasiga esda qolarli, yorqin emotsiyalar ulashish. Agar sizning dizayningiz hech qanday yorqin emotsiya uyg'otmasa, demak, muammo hali to'liq hal qilinmagan. Yaxshi dizayn - bu foydalanuvchi muammosini hal qilgan holda yorqin emotsiya uyg'otishdir.

Xulosa

Dizayn bu faqat elemntlarni sichqoncha bilan bir joydan ikkinchi joyga qo'yish emas, balki chuqur fikrlash va ko'p izlanishni talab qiladigan murakkab soha aslida. Buni yanada aniqroq tushuntirish uchun yumoristlardan bir-oz saboqlar olishka harakat qildim. E'tiboringiz uchun rahmat ))


P.S. G'oya Netfliks tomonidan suratga olingan "Abstrakt - Ien Spolter" filmini ikkinchi bor ko'rgandan keyin keldi!

Related posts

September 19, 2024

Veb-dizaynda Maksimalizm

September 19, 2024

Veb-dizaynda Maksimalizm

September 19, 2024

Veb-dizaynda Maksimalizm

September 18, 2024

UX/UI konversiyaga qanchalik ta'sir qilishiga 7 misol

September 18, 2024

UX/UI konversiyaga qanchalik ta'sir qilishiga 7 misol

September 18, 2024

UX/UI konversiyaga qanchalik ta'sir qilishiga 7 misol

Got questions?

I’m always excited to collaborate on innovative and exciting projects!

E-mail

bbrkahharov@gmail.com

Phone

+996 550 582 800

Got questions?

I’m always excited to collaborate on innovative and exciting projects!

E-mail

bbrkahharov@gmail.com

Phone

+996 550 582 800

Got questions?

I’m always excited to collaborate on innovative and exciting projects!

E-mail

bbrkahharov@gmail.com

Phone

+996 550 582 800

©2024 boburiy

©2024 boburiy

©2024 boburiy