Veb-dizaynda Maksimalizm
Hamma minimalizm haqida gapiryotkanda biz maksimalizm haqida gaplashsak nima deysiz)
Minimalizm haqida ko‘p eshitganingizga ishonchim komil: bu uslub haqida ko'p gapiriladi, ko'klarga chiqariladi va yagona zamonaviy dizayn uslubi deb baxo beriladi. Ba’zilar esa uni kuchli UX bilan tenglashtiradi. Biroq, minimalistik dizaynning jiddiy kamchiligi ham bor - qat’iy cheklovlar. Dizayn jarayoni esa uzluksiz bo‘lib, u doimo o‘zgarib, yangilanib turadi.
Bugungi kunning asosiy tendensiyalaridan biri maksimalizm bo‘lib, hatto bu uslub ikkinchi marotaba tug'ilish arafasida deb aytish mumkin. Soddagina chiziq va shakllarga mutlaqo zid bo‘lgan bu uslub - ranglar feeriyasi (fantastik, ertak syujetli, yorqin, rang-barang kostyumlar va to'plamlar bilan teatr, sirk yoki estrada tomoshasi) va hissiyotlar to‘lqinidir.
Maksimalizm
Aslida, veb-dizaynda ikkita asosiy tendensiya mavjud: minimalizm va maksimalizm. Agar birinchisi bilan yaxshi tanish bo‘lsangiz, ikkinchisi sizga didsizlik, yomon UX va shunchaki haddan tashqari murakkablik bo‘lib tuyulishi mumkin.
Asosiysi, maksimalistik sayt hayratlantirishi kerak! U wow-effekt yaratish uchun mavjud bo'lib, eksperimentlarga ochiq va har doim auditoriyaning e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa, barcha minimalist oshnolaridan ajralib turadi. Maksimalistik dizayn barcha bo‘sh joyni to‘ldiradi, ranglar va turli xil shriftlarga boy bo‘ladi, bir-biriga mos kelmaydigan narsalarni uyg‘unlashtiradi va ko‘pincha foydalanuvchilardan ko‘ra brendga ko‘proq e'tibor qaratadi.




Maksimalizmning xususiyatlari
Demak, siz trendda bo‘lishga va maksimalistik sayt yaratishga qaror qildingiz. Keling, uning asosiy xususiyatlarini tahlil qilaylik, shunda siz nima bilan ishlashimgiz mumkinligini tushunasiz.


Yorqin palitra
Ranglar, tuslar, fakturali fonlar, "derskiy" va o‘zgacha kombinatsiyalar ko‘zni o‘ziga tortadi. Yorqin va noodatiy rang uyg‘unliklarini tanlang.
Naqshlar va teksturalar
Bir-biriga zid keladigan motiv va naqshlarni aralashtiring, murakkab teksturalarni qo‘shing.
Manfiy bo‘shliqqlar qoldirmang
Sahifadagi barcha yoki deyarli barcha joyni to‘ldiring. Ko‘proq elementlar qo‘shing.
Takrorlanadigan elementlar
Turli o‘lchamdagi takrorlanadigan elementlardan foydalanib, dizayningizda o‘ziga xos naqsh yarating.
Tipografika
O‘ziga xos va qiziqarli shriftlarning vaqti keldi. Qalin yoki bolddan foydalangan holda turli xil shriftlarni qo‘llang, ularni shakllar va o‘lchamlar bilan birlashtiring.
Multimedia
Bunday saytlarda kontentni ko‘rsatish uchun turli multimedia elementlaridan foydalanish mumkin: rasmlar, videolar, audio, animatsiyalar. Istasangiz, barchasidan foydalaning.
Interaktivlik
Dizayningizdagi bir nechta elementlarga interaktivlik qo‘shishingiz mumkin. Masalan, ularni sichqoncha bilan bosganda yoki ustiga olib borganda.
Vizual dissonans
Elementlarning perspektivasi, masshtabi va o‘lchamlari bilan tajriba qiling, muvozanatsiz dizayn yarating.
Retro
O‘tgan davr elementlarini qo‘shing: eski video o‘yinlar grafikasi, piksel shriftlari va boshqalar.
LOL
Emodzilar, kulgili animatsiyalar, memlar va pop madaniyatiga ishoralar kiritish orqali maksimalist dizaynda auditoriyani hayratda qoldirishingiz mumkin.
Ko‘p qatlamlilik
Ko‘p qatlamlilik minimalistik loyihalarda ham qo‘llanilishi mumkin, lekin bu maksimalizmning muhim jihati hisoblanadi. Dizayndagi bir nechta qatlamlar foydalanuvchini jalb qiladi va unga to‘liq sho‘ng‘ish hissini beradi.
Nomidan ham ma'lumki, ushbu trend bir necha qatlamlardan iborat bo'lib, ular 3 tadir:
Fon (tekstura, havo yoki tasvir).
O'rta qatlam (interaktiv komponent yoki tasvir).
Old qatlam (tipografika yoki tasvir).
Bunday qatlamlar turli interaktiv elementlarga, harakatlanuvchi qismlarga ega bo'lib, ular sahifani yurgizganda jonlanadi. Dizayner barcha 3 qatlamni uyg'un tarzda birlashtirishi kerak, shunda ular o'zaro bir birini to'ldiruvchi bo'ladi.



Maksimalizmning afzalliklari va kamchiliklari
Har bir uslub va yo'nalishning o'z afzalliklari va kamchiliklari bor, maksimalizm ham istisno emas.
Afzalliklari:
1. O'ziga xoslik
Maksimalizm uslubidagi saytlar maksimal darajada o'ziga xos va ijodiy bo'lib chiqadi, ular auditoriya tomonidan yaxshi eslab qolinishadi va yuzlab boshqa "toza dizaynlar" bilan aralashmaydi.
2. Spontanlik
Bunday saytlar odatiy chegaralardan chiqib ketadi, odatda yosh va ijodiy brendlar uchun yaratiladi va ularning chegaralarga bog'lanmagan madaniyatiga mos keladi.
3. Aniq ifodalilik
Bunday dizaynni loyihalashda brendning tasavvuriga to'liq kirish muhimdir: har bir element brendning ovozi, missiyasi va uslubini aks ettirishi kerak. Bunday sayt brendning maqsadlarini baland ovozda e'lon qiladi, auditoriyaga emas, balki brendning o'ziga e'tibor qaratadi.
Kamchiliklari:
1. Haddan tashqarilik
Maksimalizm foydalanuvchilarga juda ortiqcha tuyulishi mumkin. Juda ko'p elementlar. Ha, dizaynerlar ko'p elementlardan foydalanadi, lekin har biri o'z vazifasini bajaradi. Agar sizga ijodiy erkinlik berilgan bo'lsa, dizaynni qiyinlashtirmang.
2. Interfeysning murakkabligi
Ko'p miqdordagi stillar va dizayn komponentlari sayt bilan o'zaro aloqani va undagi harakatni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun, siz ishlayotgan uslubingizdan qat'i nazar, UX-ni doimo yodda tutishingiz muhimdir.
3. Noodatiy ranglar
Insonlar ranglarni ma'lum bir tarzda qabul qilishadi, shuning uchun g'alati va odatdagidan farqli palitralar noqulaylik va asabiylashishga sabab bo'lishi mumkin. Juda original va yorqin rang tanlovlari auditoriyani qo'rqitishi mumkin, chunki ular kontentga diqqatni qaratishlari qiyin bo'ladi.

Maksimalizm mos keladigan o'rinlar
Maksimalist saytlar, foydalanuvchini hayratda qoldirish va ajablantirish, ularga qiziqarli va ilgari tanish bo'lmagan o'zaro aloqani yaratish muhim bo'lgan o'rinlarda mos keladi. Dizaynerlar brendning ruhiyatini va missiyasini uzatib, auditoriyani yangi va yorqin muhitka olib kiradi.
Kompyuter o'yinlari
Maksimalizm zamonaviy mashhur o‘yinlarga juda mos keladi, ular rang-baranglik va dinamikasi bilan ajralib turadi.

teamfighttactics.leagueoflegends.com
Portfolio saytlari
Sizning portfolioyingiz - ijod va kreativlik uchun mukammal joydir. Shuningdek, maksimalizm digital-studiyalar, san'atkorlar, haykaltaroshlar, musiqachilarning saytlari uchun ham mos keladi.

Marketpleyslar
Bu uslub yirik marketpleyslar tomonidan mahsulotlar va tovarlarning keng tanlovini ko‘rsatish, dolzarb aktsiyalar va chegirmalar haqida ma’lumot qo‘shish, reklama qilish uchun ishlatiladi.

Musiqiy festivallar
Maksimalizm ko‘pincha kreativ tadbirlar, masalan, musiqa festivallari yoki ko‘rgazmalar sahifalarini bezashda ishlatiladi

Grafik dizayn
Tadbirlar yoki brendlarni reklama qilish uchun afishalar, bannerlar, plakatlar maksimalistik dizaynda juda ta'sirli ko'rinadi.

Xulosa
Maksimalizm dizaynga qaytmoqda, tobora mashhurroq va dizaynerlar uchun qiziqarli bo'lib bormoqda. Bunday uslubdagi sayt - bu nafaqat oddiy va tushunarli yechimlarga odatlangan auditoriya uchun, balki dizaynerlar uchun ham chaqiriq. Maksimalizm sizdan to'liq fidoyilikni talab qiladi! Ko'p sonli shriftlar va ranglar, xilma-xil kontent va interaktiv elementlar hatto tajribali mutaxassisni ham qo'rqitishi mumkin. Sizga nima yordam beradi? Ranglar nazariyasi, setkalar bilan ishlash qobiliyati va ierarxik tuzilmani qurish, tipografiya va UX asoslarini bilish
Maksimalizm dizaynerlarga eksperiment qilish, o'z loyihalarida go'zal muhit yaratish va ajralib turish imkonini beradi. Sinab ko'ring, albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
uprock.ru saytidan tarjima qilindi)


